Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
11 iyul 4778 1 daqiqa
O‘zgidromet 12-13 iyul kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 12-13 iyul kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida 11 iyul kuni kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Respublika hududining katta qismida termometr ustuni 32-35 darajadan, janubda 36-39 darajadan ko‘tarilmaydi. Eng salqin hudud Farg‘ona vodiysi bo‘lib, bunda harorat 28-31 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va ko‘pchilik viloyatlarda kunduzgi harorat 35-38 darajani tashkil etadi. Harorat asosan kechalari 18-23 daraja bo‘ladi.
Respublikaning ayrim joylarida 11-13 iyul kunlari shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat asosan kechalari 20-23 daraja, kunduz kunlari 11 iyulda 33-35 daraja, 12-13 iyulda 35-38 daraja bo‘ladi.
Live
Barchasi