Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi aytildi
Bu qiziq
−
20 Oktabr 2023
12334Dam olish kunlari havo harorati kechalari 7-12 daraja iliq, kunduzi esa 18-23 daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 24-27 daraja issiq bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyatida cho‘l hududining ba’zi qismida yomg‘ir yog‘adi, harorat 17-22 darajagacha pasayadi.
Ertaga, 21 oktyabr kuni shimoli-g‘arbiy hududlardan bulutlilik O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Navoiy va Buxoro viloyatlarida kechasi va ertalab, qolgan hududlarda kun davomida, ba’zi joylarda jadalligi birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
22 oktyabr, yakshanba kuni esa Respublikaning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyatining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatildi.
Poytaxtda 20-22 oktyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 21 oktyabrda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 10-13 daraja iliq, kunduz kunlari 20-23 daraja issiq bo‘ladi.
LiveBarchasi