Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

O‘zgidromet dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bugun kunduzi va kechasi O‘zbekiston hududi sovuq antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Havo harorati asosan bugun kunduzi 0-3 daraja sovuq bo‘ladi.

24 yanvar kuni kunduzi sovuq antitsiklon O‘zbekiston hududidan chekinadi va sovuq havo massalarining ta’siri asta-sekin kuchsizlanadi. Harorat kunduzi 0-3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

25 yanvar kuni havo harorati nisbatan ko‘tariladi. Kechalari 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha kuchsizlashadi, kunduz kunlari 5-8 daraja iliqqacha isiydi.

24-25 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda: bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing