Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?
Bu qiziq
−
13 mart 2020
7376Gidrometeorologiya xizmati markazi dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Bugun, 13 mart kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlari ustiga troposferadagi yuqori bosimli o‘rkach tarqaladi va juda iliq, kam bulutli va quruq ob-havoni yuzaga keltiradi.
Bugun respublikaning katta qismida havo harorati 18-20 daraja iliqni tashkil qiladi, cho‘l zonasida havo 21-23 daraja iliydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik harorat ko‘rsatkichlaridan 3-5 darajaga yuqoridir.
Dam olish kunlarida harorat yana ko‘tariladi va yakshanbaga kelib kechasi 9-12 daraja iliq, kunduzi 22-25 daraja iliq, mamlakat shimoli-g‘arbida esa 27-28 darajagacha yetadi. Bu harorat iqlimiy me’yordan 5-8 darajaga yuqoridir. Bunday havo mart o‘rtasiga qaraganda ko‘proq aprel oyi oxiri uchun xos.
LiveBarchasi