Dalahovlisida 670 tup kannabis yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida dalahovlisida 670 tup kannabis yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, 1 avgust kuni Samarqand viloyati Samarqand tumani Yangi ariq mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1976 yilda tug‘ilgan erkak dalahovlisida 670 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Shuningdek, uning hovlisidan 15 kg 300 gm “marixuana” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Bildirilishicha, dalahovlida bo‘lgan 3 nafar shaxsning holatga aloqadorligi bo‘yicha tekshiruvlar amalga oshirilmoqda. Mazkur voqea yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “b” bandi va 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marg‘ilonda uyida 37 kg giyohvand modda saqlagan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

kannabis Dalahovli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing