Chexiyadagi kimyo zavodidan 250 kg og‘irlikdagi bomba topildi

Olam

image

Chexiyaning Litvinov shahridagi kimyo zavodi hududidan portlamay qolgan aviabomba topildi. Politsiya 600 ga yaqin odamni evakuatsiya qildi. Bu haqda mahalliy huquq-tartibot idoralari xabar bermoqda.

“582 kishi evakuatsiya qilindi, pirotexnika vositalarini baholash va portlash xavfi yuqoriligidan kelib chiqqan holda, og‘irligi 250 kilogramm bo‘lgan bomba 27 avgustga qadar joyida qoladi”, deydi politsiya.

Qayd etilishicha, uning portlash xavfi yuqoriligi sabab hududda transport harakatini cheklash, shuningdek, zavodning neftni qayta ishlash qismida profilaktika maqsadida ishlab chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Britaniyada urush davridan qolgan yarim tonnalik bomba topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya bomba kimyo zavodi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing