Dahshatning o‘zginasi: Turkiyada zilzila qurbonlari 9 mingdan oshdi
Olam
−
08 fevral 2023
9363Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an dahshatli zilzilalar ro‘y bergan Qahramonmarashga borib, chodirlarda jon saqlayotgan odamlar bilan uchrashdi. Davlat rahbari zilzila talafotlari haqida yangi faktlarni ochilqdi.
Uning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar 9 ming 57 nafarni tashkil etmoqda. Jarohatlanganlar soni esa 52 ming 979 taga yetgan. Vayron bo‘lgan binolar 6 ming 444 ta.
Erdo‘g‘anga kzra, davlat va xalqning barcha imkoniyatlarini safarbar etib, ofat hududiga yo‘naltirilgan.
U zilzila sodir bo‘lgan hududga mamlakatning barcha 71 viloyatidan istisnosiz yordam kolonnalari yuborilayotganini aytdi.
Erdo‘g‘an ba’zi fuqarolarni quchoqlab, “Alloh sabringizni ziyoda qilsin. Alloh rozi bo‘lsin. Qahramonmarash vayron bo‘lmaydi, shahar yashaydi”, dedi.
Prezident barcha xohlovchilar vaqtincha mehmonxonalarga joylashtirilishini aytdi.
“Hammani mehmonxonalarga joylashtiramiz. Oziqlanish bo‘yicha sizga kerak bo‘lgan hamma narsa hal qilinadi. Eng avvalo, xohlovchilar Antaliya va Alaniyadagi mehmonxonalar tomonidan qabul qilinadi. Agar qarshi bo‘lmasangiz, tezroq u yerga jo‘natamiz”.
Turkiya rahbari vayron bo‘lgan barcha binolar aholisi yangi kvartiralarga ega bo‘lishiga ishontirdi.
“Biz bu falokatni yengamiz. Bir tomondan vayronalar demontaj qilinsa, ikkinchi tomondan yangi binolar qurilishi boshlanadi. Bu biroz vaqt oladi, lekin hamma narsa imkon qadar tezroq amalga oshiriladi”, deydi Erdo‘g‘an.