Dahshat! Toshkent “zoopark”ida ayol 3 yashar qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yubordi
3-sahifa
−
28 yanvar 2022
54099Bugun, 28 yanvar kuni, soat taxminan 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida kichkina qizaloqni ayiq voleriga tashlab yubordi. Bu haqda Toshkent hayvonot bog‘i Matbuot xizmati xabar qildi.
“Zuzu laqabli Kavkaz qo‘ng‘ir ayig‘i o‘z volerida yotib olib, qizaloqni metall to‘siq ustidan otib yuborgan ayol harakatlarini kuzatdi. Mehmonlarimiz va xodimlarimizning urinishlariga qaramasdan, ayolni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmadi. U bolani yirtqichning voleriga otib yuborishga erishdi”, deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Shuningdek, “Yirtqichlar” bo‘limi xodimlari tez harakat qilishgan va ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Bola volerdan olib chiqilgan va hayvonot bog‘ining hamshirasi tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan. Qizaloq yirtqich tishlari va panjalaridan emas, faqat qariyb 5 metr balandlikdan yiqilish tufayli jarohat olgan. Dastlabki ko‘rikda urilishlardan tashqari ko‘zga ko‘rinarli jiddiy shikastlar aniqlanmadi.
Ayni damda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan voqea sabablari o‘rganilmoqda. Bola shifokorlar nazorati ostida.
LiveBarchasi