Dahshat! Tongada yerosti vulqoni otildi (video)

Olam

image

Bugun, 16 yanvar kuni Avstraliyadan g‘arbda Tinch okeanida joylashgan Tonga davlatida Xunga Xaapay yerosti vulqoni otildi. Dahshatli vulqon otilishi Avstraliya, Yaponiya va AQSHning g‘arbiy sohillarida sunami xavfini yuzaga keltirdi.

Vulqon otilishi oqibatida mintaqada 7,4 balli zilzila qayd etildi. Vulqon kuli va yer qatlama 19,3 km masofagacha sochilib ketgan.

Vulqondan keyin Tonga poytaxti Nukualofaga 1,22 metrli sunami to‘lqini urilgan. Odamlar yerdan suvga, osmondan tutunga duch kelgan. Nafas olish qiyinlashgan. Tabiiy ofat oqibatida qurbon va jarohatlanganlarni aniqlash imkoni bo‘lmagan. Negaki, orol bilan aloqa uzilib qolgan. OAVdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Tonga qiroli Axo-Eitu Tupou VI saroydan evakuatsiya qilingan.

Vulqonning birinchi otilishidagi gumburlagan ovoz Tongadan deyarli 2,4 ming kilometr uzoqlikdagi Yangi Zelandiyada ham eshitilgan. Sunami xavfi sabab AQSH rasmiylari Alyaska, Gavaya va g‘arbiy sohildagi tumanlarda yashovchi odamlarni qirg‘oqdan uzoqroq turishga, tepaliklarga ko‘tarilishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

vulqon Tonga

Baholaganlar

903

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing