Rasman: Qozog‘istondagi YTHda vafot etganlarning barchasi o‘zbekistonlik
Jamiyat
−
20 aprel 2019
1421120 aprel kuni tongda Qozog‘iston hududida Olmaota-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus uchragan yo‘l-troansport hodisasida vafot etganlarning hammasi o‘zbekistonlik ekanligi ma’lum qilindi.
Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Jambul oblastidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, tvitterdagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
“Kordaydagi trassada yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 11 kishi halok bo‘ldi. Marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildiraman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga telegramma yubordim. Yo‘llarimizdagi holat avval aytganimdek, bexavotir emas. Hukumatga kechiktirib bo‘lmas choralar bo‘yicha topshiriqlar berdim”, deydi Qozog‘iston prezidenti.
Hodisa joyida 8 kishi halok bo‘lgan, 32 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, keyinroq ularning 3 nafari vafot etgan.
Bundan avvalroq, O‘zbekiston TIV Jambuldagi YTH oqibatida halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarolari ekanini tasdiqlovchi axborot yo‘qligi, jarohatlanganlarning 7 nafari o‘zbekistonliklar ekani haqida xabar bergandi.
LiveBarchasi