Dahshat! Gaitida benzovoz portlashi oqibatida 75 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Gaitining Kap-Aiten shahrida yonilg‘i tashuvchi benzovoz portlashi oqibatida 75 nafar qurbon shifoxonalarda vafot etdi. Bu haqda “HaitiLibre” axborot portali xabar bergan.   

Ta’kidlanishicha, shifoxonalarda yana 20 ga yaqin kuygan bemor bor. Portlash joyi yaqinidagi 20 dan ortiq bino zarar ko‘rgan. Hozirda qutqaruvchilar binolar vayronalari ostidan qurbonlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini qidirmoqda. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, benzovoz mahalliy vaqt bilan yarim tunda yo‘lda ag‘darilib ketgan, o‘tkinchilar fursatdan foydalanib, o‘zlarining yonilg‘i baklarini to‘ldirib olishgan. 

Shundan so‘ng portlash sodir bo‘lib, qurbonlar va moddiy talafotlarga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Gaiti

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing