D vitamini saraton kasalligining oldini olishi isbotlandi
Bu qiziq
−
03 may
8462D vitamini saraton kasalligining oldini olishda samarali vosita bo‘lishi mumkin. Bu haqda Britaniya immunobiologik laboratoriyasi rahbari Kaetanu Reys e Souza “Fox News” telekanaliga ma’lum qildi.
Mutaxassisning aytishicha, sichqonlar ustida sinov o‘tkazilgan bo‘lib, kemiruvchilarga D vitaminiga boy ozuqa berilgan. Natijada D vitamini ularda saratonga qarshi immunitetni kuchaytirgani aniqlangan.
“Izlanishlar natijasi hayratlanarli. D vitamini ichak mikrobiomini tartibga solib, saratonga qarshi immunitet bakteriyalarining ko‘payishi uchun qulay shart-sharoit yaratdi”, deydi ekspert.
Tadqiqotda ishtirok etmagan neyro-onkolog Shama Farukning aytishicha, D vitamini natijalari kelajakda saraton kasalligini davolash va oldini olishda yangi yondashuvlar paydo bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
Ma’lumot uchun, tadqiqotda nima uchun D vitamini ichak mikrobiomini yaxshilashga yordam berishi isbotlanmagan.
Rayhona Ulkanbayeva