Devid Bekxem “Nant” klubini sotib olishga qiziqmoqda

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi va “Inter Mayami” klubining egasi Devid Bekxem kutilmaganda Fransiyaning “Nant” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvda potensial ishtirokchi sifatida paydo bo‘ldi. Bu haqda “Ouest-France” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Nant” egalari Liga 2 ga tushib ketgan klubni sotish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda jamoani sotib olishga uchta potensial xaridor qiziqish bildirgan. Ulardan birining taklifi 100 million yevro atrofida baholanmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, Bekxemning nomi ham “muzokaralarda yana paydo bo‘lgan”. Uning vakili avvalroq mahalliy potensial investorlar tashabbus guruhi vakillari bilan uchrashib, “Nant” bilan bog‘liq ehtimoliy loyiha haqida ma’lumot so‘ragan.

Bekxemning futbol klublariga sarmoya kiritish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasi bor. U “Inter Mayami” klubining egalaridan biri hisoblanadi. Amerikaning mazkur jamoasi so‘nggi yillarda MLS’dagi eng ko‘zga ko‘ringan loyihalardan biriga aylandi.

Ma’lumot uchun, Bekxemning boyligi 1,36 milliard yevro atrofida baholanmoqda. Endi angliyalik sobiq futbolchi o‘z futbol biznesini Fransiyada ham kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing