COVID-19 va jahon – 29 mart tunida sodir bo‘lgan yangiliklarning qisqa dayjesti

Bu qiziq

image

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar 635 mingga yaqinlashdi. Bugunga qadar 29 957 kishi vafot etdi. So‘nggi sutkada 63 159 odam infeksiya yuqtirib oldi. 3464 kishi esa hayot bilan vidolashdi.

O‘zbekistonda vaziyat o‘zgarmadi. Hozirga qadar mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar soni 144 nafarga yetdi. 7 kishi butunlay sog‘aygan bo‘lsa, 2 kishi vafot etdi.

Qozog‘istonda 29 mart, soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 12 nafarga ortdi. Ayni payigacha, mamlakatda umumiy hisobda 283 kishi infeksiyaga chalingan.

Kanada sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 5655 nafarga yetdi. Infeksiyadan 61 kishi vafot etdi. Bemorlar soni bir kunda 918 nafarga oshgan. 

Xitoyda bir kun ichida 4 kishi ushbu kasallikdan vafot etdi. Bundan tashqari, infeksiya 31 kishida aniqlandi. 322 kishi shifo topdi. Mamlakatda 723 ta koronavirus infeksiyasining yuqtirilgan holati aniqlandi. 630 kishi hanuz kasal bo‘lib, ulardan 19 kishining ahvoli og‘ir, 93 kishi tuzalgan. Infeksiya yuqtirganlar orasida o‘lim holati qayd etilmadi.

Rossiyada mamlakat Fanlar akademiyasi olimlari ishtirokida COVID-19’ga qarshi uch xil vaksina ishlab chiqilmoqda. Ushbu vaksinalar "Koronavirus oqsillari" deb ataladigan rekombinant qismlardan foydalangan holda zamonaviy yuqori texnologiyalar asosida yaratilmoqda. Mamlakatda ayni damgacha 1534 odam koronavirus bilan kasallangan.

AQSHning Illinoys shtati, Chikago shahrida istiqomat qiluvchi er va xotin koronavirus infeksiyasi sabab bir kunda olamdan o‘tdi. Ularning turmushiga 65 yil bo‘lgan edi. Marhumlarning nabirasi Stiven Neshning ma’lum qilishicha, ulardan olti farzand va 18 nafar nabira qolgan.

Albaniyada bugun, 30 mart kunidan boshlab ko‘chaga chiqmoqchi bo‘lganlar buning uchun sms orqali ruxsat olishi kerak bo‘ladi. Ruxsat olish uchun shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni maxsus raqamga yuborish kerak bo‘ladi. Yoki pasportdagi ma’lumotlarni maxsus saytga kiritish talab etiladi.

Boshqa davlatlarda, masalan, Italiyada COVID-19 sababli bir sutkada 756 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Afrika qita’sidagi Mali davlatida koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. Irlandiyada bir kunda 200 nafar shaxs infeksiya yuqtirib oldi, 10 nafar bemor vafot etdi. Iordaniyada esa COVID-19’ga chalinganlar soni 13 nafarga ko‘payib, umumiy hisobda bemorlar soni 259 ga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

dayjest

Baholaganlar

601

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing