COVID-19: O‘zbekistonning barcha hududida yangi bemorlar aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 89 mingdan oshdi. Kecha, 24 aprel yana 348 kishida infeksiya qayd etilib, jami kasallanganlar 89 027 nafarga yetdi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 40 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 7 nafari Xorazm viloyatida,
  • 68 nafari Toshkent viloyatida,
  • 182 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 16 nafar,
  • Buxoro viloyatida 8 nafar,
  • Jizzax viloyatida 13 nafar,
  • Navoiy viloyatida 6 nafar,
  • Namangan viloyatida 7 nafar,
  • Samarqand viloyatida 29 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
  • Xorazm viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent viloyatida 29 nafar,
  • Toshkent shahrida 116 nafar bemor sog‘aydi.

Mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar jami 228 nafarga ortib, 85764 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 643 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2620 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

SSV ma’umotiga ko‘ra, 24 aprel kuni O‘zbekistonda 15 778 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 544 529 nafarga yetdi


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

349

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing