COVID-19. Rossiyada Italiya ssenariysi takrorlanadimi?
Olam
−
03 may 2020
9727Rossiyada koronavirus epidemiyasining tarqalishi Italiya ssenariysini takrorlashi ehtimoldan yiroq. Bu haqda Kommunarka shifoxonasining bosh shifokori Denis Protsenko ma’lum qilgan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, hatto Italiyada ham infeksiya ichki mintaqaga qarab har xil tarqaldi: shimolda “mutlaqo fojiaviy vaziyat” yuzaga kelgan, janubda esa epidemiya yumshoqroq kechgan.
Protsenkoning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p mamlakatlarda epidemiya o‘ziga xos ssenariy bo‘yicha rivojlanmoqda. “Moskvada virusning mamlakat bo‘ylab tez tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydigan harakatlar - izolyatsiya, shaharga kirish-chiqish kirish nazorati, vaqtincha kasalxonalar, kuzatuvlar amalga oshirildi”, deya ta’kidlagan bosh shifokor.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday choralar, Rossiya sog‘liqni saqlash tizimini qayta tiklash uchun ikki-uch hafta qo‘shimcha vaqt bergan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 134 687 nafar shaxs infeksiyadan zararlangan. 16 639 bemor kasallikdan shifo topgan bo‘lsa, 1280 kishi undan vafot etdi.
LiveBarchasi