COVID-19'ga chalinganlar saylovda qanday ovoz beradi? MSK raisi javob berdi

Jamiyat

O‘zbekistonda navbatdagi Prezident saylovi joriy yilning 24 oktyabrida o‘tkazilishi rasman e’lon qilindi. Ammo bugun mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi hamon davom etyapti. Shunday sharoitda shifoxonada koronavirusdan davolanayotganlar, uy karantinida bo‘lganlar saylovlarda qanday ovoz beradi?

Bugun, 23 iyul kuni Toshkentdagi simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oldidan tashkil etilgan Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazining ochilish marosimida MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev shu kabi masalalarga oydinlik kiritib o‘tdi. 

“Pandemiya sharoitida saylovlarni qay tartibda amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Ushbu qarorda kasalxonalarda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning konstitutsiaviy huquqlarini ta’minlash maqsadida shifoxonalarda karantin choralariga rioya qilgan holatda saylov uchastkalari tashkil etiladi. Shuningdek, uyida karantinda bo‘lganlarning uyiga maxsus quticha quticha bilan uylariga borgan holatda ovoz berish amalga oshiriladi”, deydi Zayniddin Nizomxo‘jayev. 

Eslatib o‘tamiz, MSK raisi endilikda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida hamda harbiy qismlarda tashkil etiladigan saylov uchastkalariga kuzatuvchilar birgina ariza bilan kira olishi haqida aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin saylov

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing