COVID-19 bilan kasallanganlar va emlanganlar immuniteti o‘rtasida farq bormi? 

Salomatlik

image

COVID-19 bilan kasallanganlarning immuniteti emlanganlarnikidan zaifroq ekanligi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda rossiyalik shifokor Dmitriy Kozlovskix ma’lumot bergan.  

“Immunitet zaifroq bo‘lishi haqida bizda ma’lumotlar yo‘q. Immunitet darajasi ko‘p jihatdan inson immunitet tizimining ishlashiga bog‘liq”, degan u. 

Shu bilan birga, mutaxassisning ta’kidlashicha, emlash organizmga ancha yengilroq shaklda ta’sir qiladi. 

“Odamning kasallik orqali immunitetga ega bo‘lishi xavfliroq”, deydi Kozlovskix. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida emlangan bemorlar orasida koronavirus infeksiyasidan o‘lim holatlari kuzatilmagan. 

“Alohida holatlar mavjud bo‘lib, odamlar komponentning bir qismini yoki to‘liq qismini olgan holda, afsuski, jiddiy yondosh kasalliklardan vafot etgan. Bu holatlarning barchasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan komissiya asosida o‘rganiladi. Xulosa chiqariladi, ular jamoatchilikka e’lon qilinadi”, deb ta’kidlagan u. 

Kozlovskixning qo‘shimcha qilishicha, emlanmagan bemorlar 13,5 marta tezroq kasallikka chalinadi. 

“Emlanganlar orasida kasallanish darajasi taxminan 100 ming emlanganga 313 kishini tashkil etadi. Emlanmaganlar orasida kasallanish darajasi deyarli 100 mingga 4400 tani tashkil etadi”, degan mutaxassis. 

Shu bilan birga, u reanimatsiyada emlangan bemorlar deyarli yo‘qligini ta’kidlagan. Kozlovskix, shuningdek pandemiya munosabati bilan kiritilgan cheklovlarni yumshatish shartini ham aytgan. 

“Bizning fikrimizcha, butun aholini qamrab olish 80 foiz ko‘rsatkichga yetsa, muayyan chora-tadbirlarga tuzatish kiritish mumkin bo‘ladi”, degan u.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing