CNN: Tramp vidolashuv nutqini yozdi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp Vashington ma’muriyati rahbari lavozimidagi vidolashuv videomurojaatini yozdi. Bu haqda "CNN" telekanaliga asoslanib xabar berilgan. 

Unga ko‘ra, video bugun, 19 yanvar kuni chiqarilishi mumkin, ammo bu aniq emas. 

Qayd etilishicha, Tramp o‘z nutqida davlat rahbari sifatidagi eng muhim yutuqlarini sanab o‘tgan.

Ta’kidlanishicha, murojaatda "yangi ma’muriyat" haqida ham so‘z boradi, ammo saylangan Prezident Jo Baydenning jamoasi haqidagi bayonotning mazmuni aniqlanmagan.

Ma’lumot o‘rnida, saylangan Prezidentning inauguratsiya marosimi ertaga, 20 yanvar kuni, an’anaga ko‘ra, tushda o‘tkaziladi. 

Shuningdek, senatorlar 20 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00da (Toshkent vaqti bilan 23:00) Trampga qarshi ayblovlarni ko‘rib chiqishni boshlashlari mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

262

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing