IIBB: 18 yoshli qizga hujum qilgan shaxs qidirilyapti
Jamiyat
−
17 fevral 2020
14213Ijtimoiy tarmoqlarda “Albina Xarisova” nomli foydalanuvchi joriy yilning 15 fevral kuni Chilonzor tumani 18-mavzedagi ko‘p qavatli uy liftida noma’lum shaxs qizga hujum qilgani, u baqirib yordam so‘raganida qo‘rqib qochib ketgani haqida xabar qoldirdi. Xabarda voqea joyiga kelgan profilaktika inspektori nazorat videokamerasidan noma’lum shaxs sur’atini olib ketgani va gumonlanuvchini topish choralarini ko‘rmagani haqida aytilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi. 15 fevral kuni soat 12:00 larda Chilonzor tuman 5-IIO FMB profilaktika inspektori leytenant Sohib Yusupovga “Mehrjon” XUJMSH raisi yuz bergan hodisa haqida 18 yoshli L.S.ning onasi aytib berganlari bo‘yicha ma’lum qilgan.
Inspektor L.S. bilan birgalikda nazorat kameralarini ko‘rib, erkakni suratga olgan va hodisa haqida rahbariyatni ogohlantirgan. Bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik D.Madiyorov ko‘rsatmasi bilan erkakning ma’lumotlari Chilonzor tumani bo‘ylab tegishli bo‘limlarga yetkazilgan.
IIBBning ma’lum qilishicha, 15 fevral kuni L.S. vaqti yo‘qligini aytib, shikoyat yozmagan. “Mehrjon” XUJMSH raisi Xarisova ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimi tegishli chora ko‘rmagani haqida post qoldirgan. Shundan so‘ng, L.S.ga qonuniy chora ko‘rish uchun shikoyat arizasi kerakligi tushuntirilgach, jabrlanuvchi ariza yozib bergan.
Hozirgi vaqtda gumonlanuvchining shaxsini aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha ishlar olib borilyapti.
Boshqarma gumonlanuvchi haqida biror ma’lumot bo‘lsa, 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102 telefon raqami orqali xabardor qilishni so‘ragan.
Erkakning belgilari: 25-35 yosh oralig‘ida, bo‘yi 170-180 sm, sochlari qora. Egnida qizil yo‘lli qora triko, to‘q-ko‘k rangdagi kurtka, kulrang krossovka bo‘lgan.
LiveBarchasi