Chilonzorda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi
3-sahifa
−
16:01 987 1 daqiqa
Bugun, 30 iyul kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 14:41 da Toshkent shahri Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 14:46 da yetib borib, yong‘in soat 14:55 da qurshab olinib, 14:59 da to‘liq o‘chirilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida jarohatlangan fuqarolar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 iyul kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan do‘konlardan biriga o‘t ketgan edi.
Live
Barchasi