Cmartfonlar o‘smirlarda semirishga olib keladi – tadqiqot

Bu qiziq

image

AQSHning Pensilvaniya universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazib, smartfondan erta foydalanishni boshlash bilan o‘smirlarda ruhiy va jismoniy muammolar xavfi ortishi mumkinligini aniqladi. Bu haqdagi ilmiy ish “American Academy of Pediatrics” saytida e’lon qilindi.

2016-2022 yillar davomida yig‘ilgan 10 mingdan ortiq amerikalik o‘smirlar haqidagi ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, 12 yoshida shaxsiy smartfon olganlarda gadjet ishlatmaydigan tengdoshlariga nisbatan depressiya rivojlanish ehtimoli 31 foizga, semirish xavfi 40 foizga, surunkali uyqu yetishmovchiligi esa 62 foizga yuqori bo‘lgan.

Olimlarning aytishicha, smartfon o‘smirlar emotsional jihatdan tayyor bo‘lmagan kontentga cheksiz kirish imkonini beradi, shu bilan birga, uni nazorat qilish uchun zarur intizom yetishmaydi. Xavf guruhiga ko‘proq qizlar, milliy ozchilik vakillari va kam daromadli oilalar farzandlari kiradi.

Shu bilan birga, amerikalik bolalarning deyarli yarmi 11 yoshga kirib allaqachon shaxsiy smartfonga ega bo‘ladi, biroq pediatrik tashkilotlar hozircha foydalanishni boshlash bo‘yicha aniq yosh tavsiyalarini belgilamagan.

Tadqiqot mualliflari ota-onalar va shifokorlarni gadjetga egalik qilish masalasiga ovqatlanishni nazorat qilish kabi jiddiy yondashishga chaqirmoqda va buni o‘smirlar salomatligini kuzatishda muhim omil deb hisoblayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ish joyida uzoq vaqt davomida o‘tirish barcha sabablar bo‘yicha o‘lim xavfi va yurak-qon tomir kasalliklarini oshirishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

o'smirlar semirish Cmartfonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing