“Chuvalachi”da o‘g‘irlik qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2019
6047Joriy yilning 10 sentyabr kuni Toshkent tumani “Chuvalachi” mahallasida yashovchi J.D. ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Fuqaro o‘z arizasida shu mahallaning Bojxona 1-tor ko‘chasida “Spark” avtomashinasi eshiklarini ochiq qoldirgani oqibatida, noma’lum shaxs mashina salonida bo‘lgan 50 million so‘m va 4 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida ushbu jinoyatni 1992 yil tug‘ilgan A.G‘. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan va o‘g‘irlangan pullar egasiga qaytarilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi