Chustda bolalarning zaharlanishi yuzasidan tekshiruv boshlandi

Jamiyat

image

Avvalroq Namangan viloyatining Chust tumanida bog‘cha bolalari zaharlangani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan Bosh prokuratura tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Chust tumanida voyaga yetmagan bolalar zaharlanishi yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Tekshirish davomida voyaga yetmagan bolalarning zaharlanishi sabablari aniqlanadi va bu haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi. 

“Voyaga yetmagan bolalar nimadan zaharlangani hali noma’lum bo‘lgani sababli jamoatchilikdan noto‘g‘ri va turli taxminlarga asoslangan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Bosh prokuratura Chust tumanida favqulodda holat e’lon qilingani xaqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Bosh prokuratura zaharlanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing