Namanganda bog‘cha bolalari ommaviy zaharlandi
3-sahifa
−
22 Sentabr 2023
6831Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida bolalar ommaviy zaharlangani haqida videoxabarlar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Kecha, 21 sentyabr kuni Chust tumanidagi 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining ayrim tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan.
Bo‘lim mutasaddilari voqea joyiga yetib borgan va dastlabki shikoyat bo‘yicha 5 nafar bola shifoxonaga olib kelingan. Keyinchalik shikoyat qiluvchilar soni ortib borgan. Shunga ko‘ra, 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidan 35 nafar, 51-bog‘chadan 20 nafar, 18-bog‘chadan 5 nafar, 36-bog‘chadan 3 nafar, 7-sonli o‘rta ta’lim maktabidan 1 nafar, 43-bog‘chadan 1 nafar, 21-o‘rta ta’lim maktabidan 1 nafar, 30-bog‘chadan 2 nafar, 34 va 35-bog‘chadan 1 hamda oilaviy bog‘chadan 1 bola jami, 71 nafar bolaning sog‘lig‘idan shikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar tufayli bolalarning 9 nafari sog‘lomlashtirilib, uyiga qaytarilgan.
“Qolgan bolalarning ham ahvoli mo‘’tadil, ular shifokorlar nazoratiga olingan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shifoxonaga yotqizilgan bolalarning hech birida reanimatsion, ya’ni og‘ir holat yo‘q. Voqeaning kelib chiqish tafsilotlari tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda”, deyiladi munosabatda.
LiveBarchasi