“Cho‘pon ota” suv inshootida avariya sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 3 yanvar kuni soat 11:45 da Samarqand shahrini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi “Cho‘pon ota” suv inshootida viloyat magistral elektr tarmoqlari korxonasiga qarashli fiderlarning elektr toki ta’minotida uzilish sodir bo‘ldi.

Shu bois Samarqand shahrining Siyob va Bog‘ishamol hududlari, Sartepa va Sug‘diyona maskanlari, Amir Temur va Mikrorayon A-B turar-joy mavzelari hamda Samarqand tumanining shahar bilan chegaradosh hududlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi “Cho‘pon ota” suv inshootining d-1000 millimetrlik yuqori bosimli ichimlik suvi tarmog‘ining chiqish qismida favqulodda texnik nosozlik (avariya) sodir bo‘ldi.

Qayd etilgan hududlarda ichimlik suvi uzatilishi 2020 yil 3 yanvar soat 12:00 dan 4 yanvar soat 06:00 gacha vaqtinchalik to‘xtatildi.

Hozirda Samarqand viloyati “Suvoqava” DUK Samarqand shahar filiali tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Cho'pon ota

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing