“Chuchvara otmen”. Temiryo‘l chiptalari narxi oshmaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 3 oktyabrdagi xabariga asosan, bugun, 20 oktyabrdan tezyurar va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarining chipta narxlari mos ravishda 50, 100 foizga oshirilishi haqida ma’lum qilgan edik

Biroq chipta narxlari noma’lum muddatga qadar o‘zgarishsiz qoldirildi.  Bu haqda kompaniya matbuot kotibi Alisher Boltaboyev QALAMPIR.UZ ga ma’lum qildi. 

“Bu boradagi ma’lumotlar tasdiqlangach, tashkilotning o‘zi axborotni jamoatchilikka e’lon qiladi”, deydi Boltaboyev. 

Unga ko‘ra, ayni vaqt tashkilot stavkalarni qayta ko‘rib chiqmoqda, ammo hozircha chipta narxlari qachon va qanday qiymatda qimmatlashi aniq emas.

“Bu jarayonda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarning qatnov narxlari 2 barobarga oshirilmasligi ham mumkin”, deydi matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarning tezligi sezilarli darajada oshirilishi haqida xabar berilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, poyezdlar tezligi 300 km/soatgacha oshiriladi. Hozirda “Afrosiyob” tezyurar poyezdlari 255 km/soat tezlikda harakatlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston temiryo'llari chipta narxlari Alisher Boltaboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing