Keyingi oydan 3 ta poyezdning chipta narxlari oshadi

Jamiyat

image

1 iyul sanasidan “Nasaf”, “Sharq” va “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

“Yo‘lovchi poyezdlarda qo‘shimcha servis xizmatlarini joriy etish, ularni yanada rivojlantirish, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, modernizatsiya qilish, yangi elektropoyezdlarni xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga moslashtirishni hisobga olgan holda chiptalar narxiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda”, deyiladi xabarda.

Misol tariqasida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 12, 4-sonli “Toshkent – Qarshi” yo‘nalishi avvalgi narxlarda ekonom tarif uchun 150 600 so‘m, biznes tarif uchun 218 244 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, yangi narxda ekonom tarif uchun 178 250 so‘m, biznes tarif uchun 262 805 so‘mni tashkil qilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun ham chipta narxlari oshirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

chipta narxlari “O'zbekiston temiryo'llari”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing