Chorvoqda yuz bergan ommaviy mushtlashuv bo‘yicha izoh berildi
3-sahifa
−
06 iyun 2021
42172Bugun, 6 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoqda fuqarolar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa tasvir tushirilgan joy Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Novobod” MFY hududidagi “Piramida-Chorbog‘ oromgohi” sohili bo‘lib, unda dam olish joriy yilning 3 iyun kunidan rasmiy ochilgan. Shu vaqt oralig‘ida dam olish maskanida bu kabi hodisa ro‘y bermagan va IIOga hech qanday murojaat kelib tushmagan.
“Aniqlanishicha, tasvirga olingan holat 2018-2019 yil oralig‘ida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunga sabab hozirda ushbu sohilning suvi va ko‘rinishi hamda uning atrofidagi muhit va boshqa jarayonlar o‘zgargan”, deyiladi izohda.
Hozirda mazkur holatning kelib chiqish sababi va holat ishtirokchilarini aniqlash yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.