Chorvoqda ikki yigit cho‘kib ketdi
Jamiyat
−
26 iyul 2019
12030Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida ikki yigit qayiqdan yiqilib, cho‘kib ketdi. Voqea joriy yilning 24 iyul kuni soat 14:00 atrofida sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Chorvoq suv ombori hududiga ikki oila dam olgani kelgan. Qayiqqa o‘tirgan yigitlarning biri 24, ikkinchisi 23 yoshda bo‘lgan. Ular baliq tutishga moslashgan qayiqda suv omborining narigi qirg‘og‘iga borishgan. Ular ortga qaytayotganda extiyotsizlik sabab qayiq ag‘darilib ketgan va yigitlar cho‘kib ketgan.
Ayni vaqtga qadar ularning jasadi topilmagani aytilmoqda.
Hozirda qidiruv ishlari davom ettirilmoqda. Prokuratura tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi