“Chorvoq”da cho‘milishga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq” suv omborida aholiga cho‘milish va ko‘ngilochar vositalar borasida barcha cheklovlar olinib, ulardan foydalanishga ruxsat berildi.

Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zAga ma’lum qilgan.

Abduhakimovning aytishicha, 12 avgust kuni Prezident videoselektorida, karantinni yumshatish choralari doirasida mazkur masala yuzasidan ham topshiriq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘tgan hafta “Chorvoq” suv omborida cho‘milish va barcha turdagi suvda suzish vositalaridan foydalanishni taqiqlashga oid qaror loyihasini muhokamaga qo‘ygan edi.

Ammo loyiha jamoatchilikning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘ldi. Hujjat loyihasida suv omboridagi suvning chiqindilar tashlanishi oqibatida yomonlashayotgani va so‘nggi besh yilda 8 fuqaro cho‘kib vafot etgani sababli cho‘milishni taqiqlash taklif qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing