“Chorsu”da sotuvchi ayol hamkasbining qulog‘ini tishlab, uzib oldi

3-sahifa

image

“Eski Juva” (“Chorsu”) bozorida ikki sotuvchi ayol janjallashib, biri ikkinchisini qulog‘ini tishlab, uzib oldi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Sadoqat Allaberganova QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ikki sotuvchi ayol o‘rtasida avvaldan bo‘lgan kelishmovchilik sabab janjal chiqqan. Oqibatda 1994 yilda tug‘ilgan ayol qo‘shni savdo rastasida sut mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi 1993 yilda tug‘ilgan hamkasbi tanasining turli qismlariga urib, o‘ng qulog‘ini tishlab olgan.

“Sudga oid tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan ayolga o‘ng quloq solinchagini ezilib yirtilgan yarasi, chap yelka, chap boldir ichki, o‘ng son, boldir sohalari qontalashlari, chap qo‘l kaft suyagi sathi, o‘ng lunj, tovon sohalari shilinmalari ko‘rinishidagi badanning tuzalmaydigan darajadagi xunuklashishiga sabab bo‘lgan qasddan og‘ir shikast yetkazgan”, deyiladi xabarda.

Bunga javoban, 30 yoshli ayol ham hamkasbiga jarohat yetkazgan. 

“O‘sha kuni ertalabdan savdo qilish maqsadida ish joyimga keldim. Biroz vaqt o‘tib, yonimga sotuvchi hamkasbim ham keldi. Oldimizga xaridor kelib, mening mahsulotim yoqqanini aytdi. So‘ng hamkasbim unga mahsulotim sifati yaxshi emasligini ayta, xaridorni qaytarmoqchi bo‘ldi. Sherigim o‘z mahsuloti solingan qoshiqni uzatdi. Qo‘lini ortga itartib yuborganimdan so‘ng, u meni oyog‘imga tepdi. So‘ng esa u sochimga, men esa uning yoqasiga yopishdim”, deydi sherigini tishlagan ayol.

1993 yilda tug‘ilgan sotuvchi ayol jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida qasddan badanga yengil shikast yetkazishda aybdor deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jazo tayinlandi. 

1994 yilda tug‘ilgan ayol esa qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish bilan aybdor deb topildi va 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Chorsu” sotuvchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar