“Chorsu” bozorida yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
26 yanvar 6168 1 daqiqa
Bugun, 26 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 16:04 da Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasi “Chorsu” bozorida do‘kon yonayotgani to‘g‘risida xabar tushgan. Xabarga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 16:08 da yetib borib, soat 16:20 da yong‘in qurshab olingan va soat 16:25 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisa tufayli do‘kon yerto‘lasining taxminan 15 kvadrat metr maydoni yonib, zararlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan 3 qavatli uyda yong‘in sodir bo‘lgandi.