“Chorsu” bozori uzoq yondi

3-sahifa

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida yirik yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, yong‘in tungi soat 01:12 da Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan “Chorsu” bozori hududidagi savdo do‘konlarida sodir bo‘lgan. FVBga kelib tushgan xabarga asosan, 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:17 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:22 da qurshab olingan va soat 02:47 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev ham yetib borgan.

“Hodisa joyida favqulodda vaziyatlar vaziri va tegishli tashkilotlar rahbarlari o‘rganish ishlarini olib bormoqda”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryodagi katta savdo majmuasida ham yong‘in chiqqandi. Shuningdek, Toshkentda restoranlardan biriga o‘t ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Chorsu bozori Hodisa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing