Chiroqchida tez yordam mashinasi haydovchisi kaltaklandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi kaltaklandi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 12 dekabr kuni soat 17:10 da tuman "Tez tibbiy yordam" bo‘limiga "Qahramon" mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Xo‘jaqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan ayol tomonidan qon bosimining oshishi shikoyati bilan chaqiriq kelib tushgan. "Tez tibbiy yordam" brigadasi 8 kilometrlik masofaga soat 17:24 da yetib borgan.

Xonadonda bemorning o‘g‘li ekanligi aytilayotgan shaxs esa tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi bilan janjallashib, uning yuz qismiga jarohat yetkazgan.

Mazkur xonadonda kelib chiqqan janjalli vaziyatga qaramay, tibbiy guruh a’zosi bo‘lgan hamshira o‘z burchini bajarib, avval bemorga, so‘ng haydovchiga birinchi yordam ko‘rsatgan. Avtomashinani chaqiriqdan ortiga qaytarish uchun esa boshqa haydovchi chaqirtirishga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, holat yuzasidan ichki ishlar idoralariga xabar berilgan.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabarida haydovchi va fuqaro o‘rtasidagi nizoga nima sabab bo‘lganligiga aniqlik kiritilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Chiroqchi tumani tez tibbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing