Chiroqchida elektr beqarorligi sabab shifoxonadagi rentgen uskunasi “kuydi”
Jamiyat
−
18 yanvar 2021
3430Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani markaziy shifoxonasida rentgen uskunasining asosiy qismi 29 dekabrdan buyon ishlamayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo Sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi qabulxonasidagi rentgen uskunasi 2020 yil 29 dekabrdan buyon nosoz holatda. Elektr ta’minotidagi tez-tez uzilishlar sababli uskunaning dasturiy ta’minotida nosozliklar kuzatilgan. Uskuna ikki marta ta’mirlangan. Biroq yana yuqoridagi sabab bilan nosozlikni to‘liq bartaraf etish imkoni bo‘lmagan. Uskunani yana ta’mirlash choralari ko‘rilayapti.
Ayni paytda tibbiyot birlashmasi hududida joylashgan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikadagi rentgen uskunasi doimiy ravishda ishlab turibdi.
LiveBarchasi