Chiroqchida 6 yashar bolani mashina urib yubordi. Boshqaruvda IIB xodimi bo‘lgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Joriy yilning 16 fevral kuni Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida maktabning tayyorlov sinfi o‘quvchisi jarohatlandi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 15:00 larda “Yangiobod” MFY hududidan o‘tgan, 4N-282 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgan.

Haydovchi, 1977 yilda tug‘ilgan J.H. Nexia rusumli avtomobilni boshqarayotib, 1-sonli maktab ro‘parasidagi piyodalar o‘tish yo‘lagining chap tomonidan o‘ng tomoniga o‘tayotgan piyoda, ushbu maktabning tayyorlov sinfi o‘quvchisi, 2014 yilda tug‘ilgan F.Q.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda, 6 yoshli F.Q. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, avtomobil boshqaruvida ichki ishlar xodimi bo‘lgan. Ammo YHXBB bu borada hech qanday ma’lumot bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing