“Chiroqchi voqeasi”: Qamoqqa olinganlardan biri IIB boshlig‘i
Jamiyat
−
31 yanvar 2020
16526Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mol o‘g‘riligida gumon qilingan 32 yoshli erkak IIB xodimlari tomonidan ushlanib, idorada kaltaklanishi oqibatida vafot etgani haqida xabar bergan edik. Mazkur voqea katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ikki nafar IIB xodimi hibsga olingani va ularga e’lon qilingan ayblovlar ochiqlandi.
Ammo hibsga olinganlardan biri IIB boshlig‘i ekani ma’lum qilinmagandi.
QALAMPIR.UZ manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, hibsga olinganlandan biri Chiroqchi tumani IIO FMBning 4-son IIB boshlig‘i. U mazkur lavozimga 2019 yil iyun oyida tayinlangan. Hibsdagi ikkinchi shaxs esa tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili. Unga ko‘ra, gumondor (endilikda marhum) 4-son IIB boshlig‘i xizmat xonasida vahshiylarcha kaltaklanishi natijasida o‘sha joyning o‘zida vafot etgan.
Ushbu xabarlarni Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.
Jinoyat ishi tergovi doirasida Chiroqchi tumani IIO FMBning qator xodimlari ham javobgarlikka tortilish ehtimoli mavjud.
LiveBarchasi