Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
04 avgust 2023
7588Fayzulla Yoqubovich Yusupov Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 4 avgust kuni xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Sessiyada deputatlar Fayzulla Yusupovni Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan.
U tayinlovga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Fayzulla Yusupov 1976 yil Qamashi tumanida tug‘ilgan. U 1999 yil Toshkent moliya instituti, 2006 yil O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tugatgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida avvalgi tuman hokimi Nodir Erkayevni ishdan olgan edi. U 2022 yilning aprel oyidan beri Chiroqchi tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi.