Chiro Immobile futbolchilik faoliyatini yakunladi

Sport

image

Italiya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgan mashhur hujumchi Chiro Immobile futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Bu haqda futbolchi fevral oyidan buyon to‘p tepib kelayotgan “Pari” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

“Bu men uchun juda qiyin palla. Men bu sayohatni butun qalbim bilan sevdim, ammo o‘zimga nisbatan halol bo‘lishni istayman. Bu oson qaror emas, lekin endi dam olish va oilam bilan vaqt o‘tkazish vaqti keldi”,  deydi Immobile.

36 yoshli futbolchi faoliyati davomida Italiyaning “Yuventus”, “Torino”, “Jenoa”, “Latsio” va “Bolonya”, Germaniyaning “Borussiya Dortmund”, Ispaniyaning “Sevilya”, Turkiyaning “Beshiktosh” klublarida o‘ynagan.

Immobile “Latsio” safida Italiya Kubogi va ikki marta Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan. U Rim klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi – hujumchi “Latsio” safida 207 ta gol urgan.

Shuningdek, Immobile “Beshiktosh” bilan Turkiya Superkubogida ham g‘olib chiqqan.

Italiya terma jamoasi safida esa futbolchi 57 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2021 yilda Immobile Italiya terma jamoasi bilan Yevropa chempionligiga erishgan.

Shu tariqa, Italiya futboli tarixidagi taniqli hujumchilardan biri Chiro Immobile 36 yoshida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing