Chirchiqdagi mahallalar toifasiga o‘zgartirishlar kiritildi

Jamiyat

image

“Qizil” hududga kiritilgan Chirchiq shahridagi ayrim mahallalar toifalarga ajratilgan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shahardagi X.Maxsudov,  Ulug‘bek, Bobur, Mirg‘olib nomidagi, “Muruvvat”, “Chinor” va “Bahor” mahallalari “qizil” hududga kiritilgan. Shuningdek,  28 ta MFY “sariq”, 9 ta MFY “yashil” toifadaga hududlarga ajratilgan.

Ayni paytda shaharda karantin qoidalari kuchaytirilgan hamda qo‘shni hudud (Qibray va Bo‘stonliq tumanlari) chegaralarida blok postlar o‘rnatilgan. IIB hamda DSENM xodimlari tomonidan tunu-kun navbatchilik yo‘lga qo‘yilgan.

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatidagi tuman (shahar)larning toifalari o‘zgarish bo‘lgani, bir tuman va 17 ta mahalla “qizil” hududga kiritilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Chirchiq Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

119

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing