Chirchiqda sotuvchi ayol o‘zini yoqib yuborishga urindi
3-sahifa
−
01 iyul
7803Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida sotuvchi ayol o‘zini yoqib yuborishga urindi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Chirchiq shahar IIB TQX TQKG xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxs 1978 yilda viloyatning Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan M.K ismli ayol ekani aniqlandi. Qayd etilishicha, ayol joriy yilning taxminan 10 iyun kunlari savdo qoidalarini buzayotganligi sababli Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan berilgan ogohlantirishga nisbatan o‘zining norozilik harakatlarini o‘zini yoqib yuborishga urinish orqali ko‘rsatishga uringan.
Shuningdek, 28 iyun kuni qayta ogohlantirishlarga qaramay, ayol bozor hududida emas, balki sotuv uchun belgilanmagan joyda savdo qilayotgan vaqtida unga nisbatan ishchi guruh tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan. Ushbu jarayonda fuqaro M.K. provokatsiya ko‘rinishidagi salbiy xatti-harakatlarni yuzaga keltirishga uringan.
“Ushbu jarayon davomida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan hozirda fuqaro M.K.ga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyilgan hokimlik xabarida.
Ma’lum qilinishicha, mazkur fuqaro muqaddam Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (Haqorat qilish), 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik), 52-moddasi (Yengil tan jarohati yetkazish),183-moddasi (Mayda bezorilik) hamda 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortilgan.