Chirchiqda 8-sinf o‘quvchilari 58 yoshli erkakni kaltakladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ikki nafar maktab yoshidagi bola 50-60 yosh orasidagi erkak kishini haqorat qilib, urgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 21 may kuni soat taxminan 17:30 da sodir bo‘lgan. 2007 yilda tug‘ilgan va ayni vaqtda 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan N.L va E.A. jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, odob-axloq nomalariga zid ravishda Chirchiq shahar 4-kichik nohiya hududida 58 yoshli R.A.ni (Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi) hech bir sababsiz urib, bezorilik sodir etgan.

O‘z navbatida voyaga yetmagan 2008 yilda tug‘ilgan A.N. (7-sinf o‘quvchisi) mazkur jarayonni uyali aloqa vositasi orqali video tasvirga olgan. Keyinchalik videolavhani ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Xabarga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Shuningdek, bugunning o‘zida IIB mas’ul xodimlari boshchiligida ushbu o‘quvchilar yashovchi mahallaga borilib, kelgusida bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida mahalla ahli, ularning ota-onasi va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama o‘tkazildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Chirchiq kaltakladi

Baholaganlar

751

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing