Chirchiq, Chinoz va Oqqo‘rg‘on IIBga yangi rahbarlar tayinlandi
Jamiyat
−
01 avgust 2019
5607Toshkent shahrining Chirchiq shahri, Chinoz va Oqqo‘rg‘on tumanlari Ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Podpolkovnik Dilshod Mamirjonovich Muhammadjonov – Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;
Podpolkovnik Bahrom Bahodirovich Qo‘ziboyev – Toshkent viloyati Chinoz tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
Podpolkovnik Jahongir Hidoyat o‘g‘li Hidoyatov – Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga.
Avvalroq, Navoiy viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Muborak tumani ichki ishlar bo‘limiga rahbarlar tayinlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi