Chirchiq hokimi o‘rinbosari 1 mln dollar pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari xizmat mavqeidan foydalangan holda 1 mln AQSH dollari pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari xizmat mavqeidan foydalangan holda, klaster shaklidagi savdo majmuasi tashkil etish uchun 40 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan, shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini auksion savdoga chiqartirib, yutib berish va 49 yil muddatga yerga egalik qilish huquqini rasmiylashtirishda ko‘maklashish evaziga 2 mln AQSH dollari talab qilib, oldindan 1 mln AQSH dollarini o‘zining haydovchisi orqali olgan vaqtida ushlandi.

“Hozirda xizmat mavqeidan foydalanib, juda ko‘p miqdorda pora olgan hokim o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qashqadaryo, Navoiy, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida bir necha tuman hokimlarining o‘rinbosarlari va yordamchilari tomonidan sodir etilgan pora olish bilan bog‘liq noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pora Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing