Chinozda raqami yashirilgan Captiva`ning egasi ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

IIV YHXBBga Captiva rusumli, 01 215 PFA davlat raqam belgili transport vositasi haydovchisi avtomobil davlat raqam belgisini yopgan holda harakatlangani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur mashina “Kon geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi”ga tegishli ekanligi aniqlangan. Captiva haydovchisi Chinoz tumani hududida transport vositasi davlat raqam belgisini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan qoplama yopib harakatlanganligi ma’lum bo‘lgan.

Haydovchi 1986 yilda tug‘ilgan R.E. ekanligi aniqlangan. Unga nisbatan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 3-ilovasi (Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar) 7.15-bandi ikkinchi qismi (Transport vositasida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini ko‘rinishini cheklaydigan, to‘g‘ri aniqlanishiga xalaqit beradigan har-xil buyumlar o‘rnatilgan va qoplamalar bilan qoplangan bo‘lsa)da belgilangan talablarni buzganligi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 127-moddasi 2-qismi (Tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish, xuddi, shuningdek, davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish) tartibida bayonnoma tuzilgan. Transport vositasi ushbu kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish - fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Chinoz Captiva

Baholaganlar

312

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing