“Chinni bozor” yaqinida avtobus ikki kishini bosib ketdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 may kuni soat 14:30da “Chinni bozor” savdo majmuasi yaqinida ikki avtobus to‘qnashib ketishi natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Bu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan rasmiy ma’lumot berildi:

“3 may kuni soat 14:30da “Chinni bozor” bozori yaqinidagi Toshkent halqa yo‘liga tutashuvchi ikkinchi darajali yo‘lda joylashgan jamoat transportlari bekatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. 8-sonli avtoparkka tegishli 147-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi «Mersedes-Bens» avtobusining 20 yillik ish stajiga ega haydovchisi yo‘lovchilarni tushirayotgan paytda noma’lum sababga ko‘ra avtobus oldinga qarab yurib ketgan.

Harakat davomida avtobus bekatda turgan ikki kishini bosib ketgan va taxminan 10 metr masofani bosib o‘tib, oldingi g‘ildiragi bilan beton ariqqa taqalib to‘xtab qolgan. YTH natijasida 14 yoshli S.G. (qiz) va 30-35 yoshlardagi shaxsi aniqlanayotgan ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

Chilonzor tuman ichki ishlar organlari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, YTH sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made