Chingiz Aytmatov Islom Karimov haqida nima degan edi?

Jamiyat

image

Karimov Fondi Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqida bildirgan fikrlarini e’lon qildi.

“O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovdek kishi haqida davrdan, boshqacha aytganda, hozirgi zamon manzarasini tashkil etib turgan dolzarb muammolar va bo‘hronli holatlardan ayri holda fikr yuritib bo‘lmaydi.

Islom Karimov mana shu ekstremal davrning yetakchisi. Uning tutgan o‘rni ham, u orttirgan tajribaning qimmatliligi ham mana shunda. “Qayta qurish”dan keyingi davrda yuzaga kelgan notinch, olag‘ovur zamonda u O‘zbekiston jamiyatida barqarorlik va ishonch muhitini paydo qila oldi, xalqi oldiga millatning o‘zligi va qadr-qimmatini anglatishga undovchi ulkan maqsad va vazifalar qo‘ya bildi”, degan Chingiz Aytmatov.

Ta’kidlash kerakki, Karimov Fondi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haqida ko‘pchilik bilmagan ma’lumotlarni e’lon qilib kelyapti.

Bundan avvalroq, Fond Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevning Islom Karimov haqida aytgan fikrlarini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov Chingiz Aytmatov

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing