Chimkentdagi lombardda 18 yoshli yigit bosqinchini qurolsizlantirdi (video)
Olam
−
12 Oktabr
9622Qozog‘istonning Chimkent shahrida 18 yoshli yigit to‘pponcha bilan do‘kon o‘marishga kirgan o‘g‘rini qurolsizlantirib, qo‘lga oldi. Bu haqda Chimkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Risqulova ko‘chasida joylashgan lombardlardan birida yuziga tibbiy niqob taqqan noma’lum shaxs lombard ishchilarini qo‘lidagi to‘pponchaga o‘xshash narsa bilan qo‘rqitib, ulardan 100 ming tenge talab qilgan. Shu payt lombardning ichida bo‘lgan 18 yoshli yigit politsiya yetib kelgunga qadar bosqinchini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan.
Voqea joyiga yetib kelgan Turon tumani IIB xodimlari qaroqchini qo‘lga olgan.
“Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Nurjan Tleuov yigitni jasorati uchun tashakkurnoma bilan taqdirladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi