Chimkentda yangi tug‘ilgan chaqaloqning jasadi topildi

Olam

image

Qozog‘istonning Chimkent shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yangi tug‘ilgan chaqaloqning jasadi topildi. Bu haqda “Zakon.kz” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 21 dekabr kuni Qoratov tumani IIBga yangi tug‘ilgan chaqaloq o‘lik holda topilgani haqida xabar kelib tushgan. Chaqaloq Nursat mahallasidagi ko‘p qavatli uylardan biridan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 100-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Politsiya bolaning onasini qidirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 2 o‘g‘lining murdasi bilan 3 oydan ortiq yashagan ayol ushlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

chaqaloq Chimkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made